Tahdid razvedkasi28 Iyul 2025
Yangi APT guruh Markaziy Osiyo moliya institutlarini nishonga oldi
Kiberxavfsizlik tadqiqotchilari o'zbek va qozog'iston banklariga qaratilgan murakkab APT kampaniyasini aniqladilar.
Batafsil o'qishHamkorlarimiz
So'ngi yangiliklar
Tahdid razvedkasi28 Iyul 2025
Kiberxavfsizlik tadqiqotchilari o'zbek va qozog'iston banklariga qaratilgan murakkab APT kampaniyasini aniqladilar.
Batafsil o'qishBiz haqimizda
«Cyber University» davlat universiteti tarkibidagi ixtisoslashgan tarkibiy tuzilma
Cyber Academy — «Cyber University» davlat universiteti tarkibidagi ixtisoslashgan tarkibiy tuzilma bo'lib, u raqamli texnologiyalar, axborot va kiberxavfsizlik sohalarida kadrlarni tayyorlash, malakasini oshirish va qayta tayyorlash bo'yicha respublikaning bazaviy ilmiy-metodik muassasasi hisoblanadi.
Akademiyaning asosiy faoliyati kiberxavfsizlik sohasida uzluksiz kasbiy rivojlanish tizimini yaratish, davlat organlari va tashkilotlari xodimlarining kiberxavfsizlik bo'yicha bilim va ko'nikmalarini muntazam oshirib borishga qaratilgan. Bizning o'quv dasturlarimiz xalqaro standartlar (EC-Council, ISACA, ISC²) asosida ishlab chiqilgan bo'lib, zamonaviy kibertahdidlarga qarshi turishga qodir mutaxassislarni tayyorlashni maqsad qilgan.
Ma'muriy va texnik xodimlar uchun 36 soatlik maxsus kurslar hamda soha mutaxassislari uchun 144 soatlik professional kurslarni tashkil etish.
Kiberxavfsizlik va raqamli texnologiyalar bo'yicha mutaxassislarni yangi kasbiy faoliyatga yo'naltirish.
O'quv jarayonlari an'anaviy, masofaviy (LMS platformasi orqali) va gibrid shakllarda, ilg'or laboratoriyalar hamda kiberpolygonlardan foydalangan holda olib boriladi.
Yo'nalishlar
Boshlang'ichdan ilg'orgacha — har bir daraja uchun amaliyotga asoslangan dastur.
Kurs haqida
Algoritmlar, ma'lumotlar tuzilmasi va raqamli savodxonlik.
Eng so'nggi texnologiyalar (Cybersecurity, Full-stack development, Data Science).
Jamoada ishlash, loyihalarni boshqarish va kommunikatsiya.
Xodimlar uchun ish jarayonlarini optimallashtirish va kiber-gigiyena.
Siz soha bo'yicha eng yuqori talabga ega bo'lgan bilim va ko'nikmalarni egallaysiz. Bu esa sizga mehnat bozorida eng raqobatbardosh mutaxassisga aylanish va ko'plab sohalarda yuqori daromadli ish topish imkonini beradi.
Kursni muvaffaqiyatli yakunlab, o'z bilimingizni tasdiqlovchi professional sertifikatni qo'lga kiritasiz. Ushbu hujjat sizning malakangizni xalqaro standartlarga mosligini ko'rsatadi va ish beruvchilar ishonchini oshiradi.
Zamonaviy raqamli vositalar yordamida ish unumdorligini oshirishni, murakkab vazifalarni tizimlashtirishni va ijodiy yondashuv orqali innovatsion yechimlar yaratishni o'rganasiz.
Nazariyani darhol amaliyotga tatbiq etasiz. Kurs davomida real loyihalar ustida ishlab, kurs yakunida ish beruvchilarga taqdim etish uchun tayyor va boyitilgan shaxsiy portfolioga ega bo'lasiz.
Savol-javoblar
Javobini topa olmadingizmi? Bizga yozing — 24 soat ichida bog'lanamiz.
Bog'lanishVeb-saytda «Ariza topshirish» tugmasini bosing yoki quyidagi ariza formasini to'ldiring. Bizning menejer 24 soat ichida siz bilan bog'lanadi va barcha tafsilotlarni tushuntiradi.
To'lovni Uzcard, Humo kartalar orqali yoki bank o'tkazmasi yordamida amalga oshirishingiz mumkin. Tashkilotlar uchun shartnoma asosida to'lov qabul qilinadi. Bo'lib to'lash imkoniyati mavjud.
Kursni muvaffaqiyatli yakunlab, yakuniy imtihondan 70% dan yuqori ball olsangiz, sertifikat avtomatik ravishda email manzilingizga yuboriladi. Sertifikat blockchain texnologiyasi asosida himoyalangan va istalgan vaqt tekshirilishi mumkin.
Proctoring — bu imtihon jarayonida nazoratchi tomonidan onlayn kuzatib borish tizimi. Siz uydan turib, veb-kamera va ekran yozish orqali imtihon topshirasiz. Bu sertifikat autentikligini ta'minlaydi.
Ha, albatta! Korporativ paketlar mavjud bo'lib, 5 ta va undan ortiq xodim uchun maxsus chegirmalar taklif etiladi. HR bo'limi uchun kursni boshqarish paneli ham taqdim etiladi.
Asosiy kurslar o'zbek tilida o'tiladi. Ba'zi kurslar rus va ingliz tillarida ham mavjud. Barcha video darslar subtitrlar bilan ta'minlangan.
Ha, har bir kursda tajribali mentor mavjud. Telegram orqali savol-javob, haftalik live session va code review imkoniyatlari taqdim etiladi. Mentorlar amaliy soha mutaxassislari hisoblanadi.
Bog'lanish
Biz bilan bog'laning — savollaringizga javob berishdan mamnunmiz.
Telefon
+998-55 888-55-55
ext: 1029, 1030
ca@csu.uz
Telegram
@csu_academy
Rasmiy veb-sayt
ca.csu.uz
LMS platformasi
cyberacademy.csu.uz
Toshkent viloyati, Nurafshon shahri, Nurafshon siti, Yangiobod ko'chasi, 42-uy